» » Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarosini yaraladi

Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarosini yaraladi


Qirg‘iziston chegarachilari talablariga bo‘ysunishdan bosh tortgan erkaklarga nisbatan qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan, deb yozadi Sputnik.

Sputnik Qirg‘izistonning mamlakat Chegara xizmati ma’lumotlariga tayanib yozishicha, hodisa O‘sh viloyati, Aravon tumanidagi Tog‘uzbuloq aholi punktida sodir bo‘lgan.

“Chegara naryadi chegara yaqinida O‘zbekistonning ikkita avtomashinasini aniqlagan. Ular chegarachilarning to‘xtash haqidagi talabini e’tiborsiz qoldirishgan. Chegara naryadi havoga qarata ogohlantirish o‘qi uzgan. Biroq, mashinalar to‘xtamasdan harakatda davom etgan va Qirg‘iziston naryadi qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.

Natijada O‘zbekiston fuqarosi yaralangan. U Andijon viloyati Marhamat tumani kasalxonasiga olib ketildi.

Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati raisi va O‘zbekiston DXX chegara qo‘shinlari qo‘mondoni bilan muloqot qilgan. Ular hodisa yuz bergan joyga qo‘shma surishtiruv ishlarini amalga oshirish haqidagi qarorga kelishgan.

Hozirda hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют