» » Bosh prokuratura: Andijonlik o‘qituvchilar “Vaqf” fondiga pul o‘tkazmagan

Bosh prokuratura: Andijonlik o‘qituvchilar “Vaqf” fondiga pul o‘tkazmagan


Bosh prokuratura “Andijonlik o‘qituvchilar “Vaqf” fondiga 50 ming so‘mdan fitr sadaqa o‘tkazishga majburlanmoqda” sarlavhasi ostida berilgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarning xalq ta’limi bo‘limi mudirlari hamda umumta’lim maktablari direktorlariga majburiy tarzda “Vaqf” fondiga pul mablag‘lari o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berilmagan.

Bundan avval Andijon tumanidagi 5 va 54-umumta’lim maktablari direktorlari hamda ushbu muassasalarda ishlovchi 68 nafar pedagog xodimlar ulardan majburiy tarzda “Vaqf” fondiga pul mablag‘lari o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berilgani, shuningdek, o‘qituvchilardan 50 ming so‘mdan ushlab qolinishiga rozilik haqida ro‘yxat va hujjatlar tuzilganligi haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura xalq ta’limi tizimi xodimlari hamda umumta’lim maktablari o‘qituvchilari tomonidan “Vaqf” fondiga pul mablag‘lari o‘tkazilmaganligini aniqladi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют