» » Xonanda Jahongir Otajonovga qilgan “nojoiz munosabati” tufayli Abdulla Qurbonovning litsenziyasi tugatildi

Xonanda Jahongir Otajonovga qilgan “nojoiz munosabati” tufayli Abdulla Qurbonovning litsenziyasi tugatildi


Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning chiqargan videosiga haqoratomuz tarzda o‘z munosabatini yo‘llagan xonanda Abdulla Qurbonov tomonidan san’atkor odobiga to‘g‘ri kelmaydigan noo‘rin so‘zlar orqali muborak Ro‘zai Ramazon oyida keng ommaning g‘ashiga tegish hollari kuzatildi, deb yozadi “Xalq so‘zi Online”.

Abdulla Qurbonovning ijtimoiy tarmoqlardagi ketma-ket chiqargan bunday nomaqbul audio-videolari o‘z navbatida yoshlar orasida va jamoatchilik o‘rtasida salbiy fikr uyg‘otmasdan qolmadi hamda noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Yuqorida holatlar bo‘yicha xonandaga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan bir necha marotaba ushbu noo‘rin munosabatlarni to‘xtatish to‘g‘risida ogohlantirish berildi. Bunga qaramasdan xonanda tomonidan nojoiz munosabatli fikrlarni keng ommaga tarqatish yana takrorlandi.

Janjalli voqealar videosi

Shu bois litsenziat Abdulla Qurbonov bilan tuzilgan litsenziya bitimining 4.2.9-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar muntazam ravishda buzilganligini inobatga olib, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib, Qurbonov Abdulla Akbarovich nomiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 5706-son litsenziyaning amal qilishi 2019-yil 31-may kunidan tugatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют