» » Jizzaxda baliq oviga chiqqan shaxslarga hujum uyushtirib, ularning telefonlari va pullarini olib qoygan shaxslar qolga olindi

Jizzaxda baliq oviga chiqqan shaxslarga hujum uyushtirib, ularning telefonlari va pullarini olib qoygan shaxslar qolga olindi


2019-yil 20-may kuni fuqarolar B.I, uning jiyani Sh.Y, R.M. va uning ogli S.K bilan birgalikda baliq ovlash maqsadida S.K.ga tegishli Neksiya-1 rusumli avtomashinada Mirzachol tumani, Mirzachol SIU hududidan oqib otgan zovurga borishgan. Bu haqda Jizzax viloyat IIB Daryoga xabar berdi.

Fuqarolar Sh.Y va S.K.lar zovurning boshlanish joyiga baliq ovlash uchun tushib qolgan.

Fuqarolar B.I. va R.M.lar ulardan taxminan 2 kilometr masofadagi uzoqlikda zovurning yonida baliq ovlab otirgan vaqtida taxminan soat 21:00 lar atrofida yuziga mato oragan, 6 nafar nomalum shaxslar kelib, hech bir sababsiz qoli va qolida bolgan yogoch tayoqlar bilan B.I. va R.M.larni urib, tanalarining turli joylariga tan jarohatlari yetkazib, Neksiya-1 rusumli avtomashina salonidan, B.I.ga tegishli bolgan Samsung J-2 rusumli qol telefoni, haydovchilik guvohnomasi, nafaqa guvohnomasi hamda 200 000 som va 3 dona 1 dollarlik pullarini va fuqaro R.M.ga tegishli bolgan MI-6 rusumli qol telefonini va 4 dona qarmoqlarini olib voqea joyidan qochib ketgan.

Sud tibbiyot ekspertizasi tomonidan berilgan birlamchi malumotda fuqaro B.I.ning bosh tepa sohasi toqimalari lat yeyishi, yorilgan jarohat, bosh miya yopiq shikastlanishi, tish uzilib tushishi;

fuqaro R.M.ning bosh miya chayqalishi, bosh peshona, koz, qovoq lat yeyishi, peshona qosh oraligi sohasi yorilgan jarohat, kokrak qafasi ong tomoni lat yeyishi jarohatlari olganligi korsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan 2019-yil 21-may kuni JKning 164-moddasi 2-qismi b bandi bilan jinoyat ishi qozgatilgan.

Olib borilgan tezkor tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni fuqarolar S.O., B.J., D.M., N.X., M.Q., D.M.lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan Samsung J-2 va MI-6 rusumli uyali aloqa telefon apparatlari hamda B.I.ga tegishli bolgan haydovchilik guvohnomasi, nafaqa guvohnomasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda jinoyat ishi boyicha Jizzax viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (31-05-2019, 17:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 5) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -