» » Ukraina sobiq prezidenti Poroshenkoga qarshi hokimiyatni egallab olish haqida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ukraina sobiq prezidenti Poroshenkoga qarshi hokimiyatni egallab olish haqida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Ukraina sobiq rahbari Pyotr Poroshenkoga qarshi hokimiyatni egallab olish to‘g‘risidagi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb yozadi “Gazeta.ru” huquqshunos Andrey Portnovga tayanib.

Ta’kidlanishicha, Poroshenkoga nisbatan yangi ishni Ukraina davlat tekshiruvlar byurosi ochgan.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Poroshenko hokimiyatni egallab olishda gumon qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21-may kuni Ukraina Davlat tergov byurosi davlat hokimiyati amaldorlariga, jumladan Pyotr Poroshenkoga qarshi davlatga xiyonat qilish va sud vakolatlarini suiiste’mol qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.

22-may kuni esa Poroshenko 227 million dollardan ortiq pulni o‘g‘irlaganlikda ayblanib, ikkinchi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

24-may kuni ochilgan jinoyat ishi doirasida esa Poroshenko “Kuznitsa na Ribalksom” zavodi savdosida 300 million dollar miqdoridagi jinoiy daromadni qonuniylashtirganlikda ayblandi.

27-may kuni qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi, go‘yoki, sobiq prezident tomonidan sud hokimiyati uzurpatsiya qilinishi (qonunga xilof ravishda tortib olinishi)ga aloqador.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют