» » O‘zbekistonga keluvchi sayyohlarning soni 2019-yilning I choragida 42 foizga ko‘paydi

O‘zbekistonga keluvchi sayyohlarning soni 2019-yilning I choragida 42 foizga ko‘paydi


2019-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga kelgan xorijlik sayyohlarning soni 1,3 million kishiga yetdi. Bu o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 42 foiz ko‘p degani, deya yozadi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.

Shu bilan birga, O‘zbekistondagi xorijiy mehmonlarning o‘sish sur’atlari taxminan bir xil darajani ko‘rsatmoqda. Masalan, MDH davlatlari va uzoq xorijiy mamlakatlardan keladigan sayyohlarning o‘sishi 38 foizni tashkil etdi. Markaziy Osiyodan kelgan sayyohlarning soni 44 foizni tashkil etdi.

Uzoq davlatlardan va MDH mamlakatlaridan sayyohlarning ko‘pchiligi Rossiya, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Koreya va boshqa mamlakatlardan keladi.

Oylar kesimida sayyohlar eng ko‘p mart oyida tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi — 549,5 ming kishi.  Biroq, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan, yanvar va fevral oylarida kelgan sayyohlar soni keskin o‘sgan. Shunday qilib, yanvar oyida kelgan sayyohlar soni 2018-yilga nisbatan 26% (266,2 mingdan 437,2 mingga), fevralda 48% ga (264,9 mingdan 393,5 gacha) oshdi.

Sayyohlarning yosh kategoriyasi hisobga olinsa, 31—55 yoshdagi sayyohlar 53,2 foizni, 30 yoshgacha bo‘lganlar 27,4 foizni, 55 yoshdan kattalar 19,2 foizni tashkil qilmoqda.

Umuman olganda, 2019-yilning II choragida 1,47 million kishi kelishi kutilmoqda va shu yilning ohirigacha esa 6 millionga yaqin xorijiy sayyoh kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют