» » Jizzaxda qarzdor fuqaroning qidiruvdagi Mercedes-Benz avtomashinasi topildi

Jizzaxda qarzdor fuqaroning qidiruvdagi Mercedes-Benz avtomashinasi topildi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Aziz Ibragimov hisobidan undiruvchi AT “Aloqabank” Jizzax filiali foydasiga 118 147 623 so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan, bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ammo fuqaro ushbu qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lamadi. Natijada Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar davlat ijrochisi undiruvni qarzdor fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan Mercedes-Benz rusumli avtotransport vositasiga qaratib, bo‘lim tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport topilib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi. Bugungi kunda ushbu Mercedes-Benz rusumli avtotransport vositasini onlayn auksion savdolariga chiqarish chorasi ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют