» » Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi belgilandi

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi belgilandi


Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3163, 31.05.2019-y.). Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali ma’lumot beradi.

Nizomga muvofiq, Jamg‘arma mablag‘laridan subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:

— ish beruvchilarga — bandlikka ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir xodimga 6 oy mobaynida har oyda eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida;

— bandlikka ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga — tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

— ijtimoiy ehtiyojmand aholini kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oyda har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida;

— yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun — eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda.

Jamg‘armadan grantlar quyidagilar uchun beriladi:

— kasb-hunar ta’limi muassasalariga — band bo‘lmagan shaxslarni kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirishga;

— kasb-hunarga o‘qitish markazlari, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirishga.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют