» » Zangiotada Ramazon hayiti arafasida bir guruh mahkuma ayollar jazodan ozod etildi

Zangiotada Ramazon hayiti arafasida bir guruh mahkuma ayollar jazodan ozod etildi


Ramazon hayiti arafasida Oliy sud raisining o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov, ayol sudyalar va jamoatchilik vakillari Zangiota tumanida joylashgan ayollar jazo muassasasida bo‘lib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jazo o‘tayotgan ayollarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Muassasada sayyor sud majlisi ham bo‘lib o‘tdi. Unda jami 19 nafar ayol jazodan ozod etilib, uyiga, oilasi bag‘riga qaytarildi. 20 nafar ayol yopiq turdagi jazoni ijro etish muasssasasidan manzil-koloniyasiga o‘tkazildi.

—Xursandligimdan ko‘z yoshimni tiyolmayapman, — deydi Namangan shahrilik G.X. — 2 nafar farzandim bor. Qilmishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman. Iltimosim inobatga olinib, muddatidan oldin ozodlikka chiqyapman. Boshqa jinoyat qilmayman, oilam davrasida halol mehnat qilishga va’da beraman.

Sayyor suddan so‘ng Oliy sud raisi o‘rinbosari mahkumalarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют