» » Oliy sud Farg‘onada o‘tkazgan sayyor qabulda firibgarlikda ayblangan 3 kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi

Oliy sud Farg‘onada o‘tkazgan sayyor qabulda firibgarlikda ayblangan 3 kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi


5—6-aprel kunlari Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari va Dang‘ara tumani Xalq qabulxonalarida Oliy sud raisining o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov va Oliy sud sudyalari aholining jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabullar o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Sayyor qabullar davomida 125 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Shundan 34 kishining arizasi nazorat tartibida qabul qilindi va 91 kishiga shikoyat qilish tartibi va muddatlari, avf etish bo‘yicha murojaat tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. 2 ta oila yarashtirildi.

Mahalla raislari, notinch oilalar va jazoni ijro etish muassasidan ozod qilingan, hozirda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan, muqaddam sudlangan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tumani sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan ayblangan 3 nafar fuqaroning jinoyat ishi sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchilarning oilaviy ahvoli, ular tomonidan yetkazilgan moddiy zarar qoplanganligini inobatga olinib, ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Sayyor qabul kunlari axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan 17 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida o‘talmay qolgan jazo muddatidan shartli ravishda ozod qilindi.

Q.I. ism-sharifli ayol Farg‘ona shahrida yashaydi. U 2017-yilda qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish jinoyatini sodir etgan. Unga sud hukmi bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Sayyor qabul davomida Q.I. qilmishidan pushaymonligi, jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqaranligini bildirib, jazodan muddatidan oldin ozod qilish haqida murojaat qildi.

Shu kuni unga oid material jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Jazo muddatini o‘tash tartibi buzilmaganligi, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligi e’tiborga olinib, axloq tuzatish ishlari jazosining o‘talmagan 1 yilidan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют