» » Oliy sud Namanganda o‘tkazgan sayyor qabullar davomida salkam 30 kishi ozod qilindi

Oliy sud Namanganda o‘tkazgan sayyor qabullar davomida salkam 30 kishi ozod qilindi


Joriy yil 4—6-mart kunlari Namangan viloyatining Chust, Yangiqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahar Xalq qabulxonalarida Oliy sud raisining o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov va Oliy sud sudyalari, Bosh prokuratura xodimlari aholining jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabullar o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Sayyor qabullar davomida 102 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Shundan 12 kishining arizasi nazorat tartibida qabul qilindi, 18 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi va 72 kishiga tegishliligi bo‘yicha murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullarda mahalla raislari, notinch oilalar va jazoni ijro etish muassasidan ozod qilingan, hozirda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan, muqaddam sudlangan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi, 2 ta oila yarashtirildi.

Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 2 ta uy-joy nizosi va otalikka e’tiroz bildirish haqidagi fuqarolik ishlari ko‘rilib, yakuniy qaror qabul qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 4 nafar shaxs birinchi instansiya sudlari tomonidan, 3 nafar shaxs apellyatsiya va 2 nafar shaxs kassatsiya instansiyasi tomonidan, jami 9 kishi sud zalidan ozod qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudining 2016-yil 15-avgustdagi hukmi bilan sudlanib, jazoni o‘tayotgan mahkum, 1974-yilda Chortoq tumanida tug‘ilgan Obidjon Hasanovning jinoyat ishi uning advokati keltirgan shikoyat asosida Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan sayyor sud majlisida ko‘rilib, O.Hasanov sud zalidan ozod qilindi.

Chust shahrida yashovchi Muzaffar Arslanov otasi Jinoyat kodeksining 167,168 va boshqa moddalari bilan sudlanib, 5 yil va olti oy muddatga ozodlikdan maxrum etilgani, hozirda jazoning yarmidan ko‘pini o‘tagani, jazoni o‘tash vaqtida betob bo‘lib qolgani, shu sababli jazoni yengilrog‘i bilan almashtirib berishni so‘rab murojaat qildi. Ariza nazorat tartibida o‘rganish uchun qabul qilindi.

Sayyor qabul kunlari axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan 80 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida o‘talmay qolgan jazo muddatidan shartli ravishda ozod qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi tomonidan Namangan viloyat IIB 6-sonli jazoni ijro etish muassasasida sayyor sud majlisi o‘tkazilib, 16 nafar shaxs jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilinib, jazoni o‘tash uchun manzil koloniyalariga o‘tkazildi. Bir kishining o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi JK 74-moddasi tartibida yengilroq jazoga almashtirilib, oilasi bag‘riga qaytarildi.

Uychi tumanidagi tergov hibsxonasida ushlab turilgan shaxslar bilan ham suhbat o‘tkazildi. 2 nafar voyaga yetmagan bola va 3 nafar jazoni o‘tash uchun qaytarish belgilangan ayolning arizasi qabul qilindi. Xususan, qaramog‘ida keksa onasi va 2 yoshli voyaga yetmagan qizi bo‘lgan, JKning 131-moddasi bilan sudlanib, tayinlangan majburiy jamoat ishlari jazosi ozodlikdan maxrum qilish jazosiga almashtirilgan Dilnora Arapovaning shikoyati qabul qilinib, 2019-yil 6-mart kuni viloyat sudi tomonidan ko‘rib chiqildi hamda tuman sudlarining jazoni o‘tash uchun qaytarish haqidagi ajrimlari bekor qilinib, u ozodlikka chiqarildi.

— Jazoni o‘tash tartibini buzganligim sababli 2019-yil fevral oyida ushbu jazo o‘zgartirilib, sud zalidan qamoqqa olingandim, — deydi quvonchdan ko‘z yoshlarini tiya olmagan D.Arapova. — Jazoni ijro etayotgan joyimizga Oliy sud vakillari kelib, men va yana 15 nafar mahkumlar bilan suhbatlashdi. Boshimdan o‘tgan holatlarni gapirib berganimda shikoyat yozishimni tushuntirishdi. Yozgan arizam shu kunning o‘zida, ya’ni 6-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, sud zalida qamoqdan ozod qilishdi. Qilgan ishimdan pushaymonman va berilgan bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanaman. Meni kechirganliklari uchun minnatdorlik bildiraman.

Namangandagi sayyor qabullar davomida jami 29 nafar shaxs ozod qilindi. Ulardan 13 nafari sud zalining o‘zida qamoqdan chiqarilib, oilasi bag‘riga qaytarilgan bo‘lsa, 16 nafar shaxsga nisbatan jazo yengili bilan almashtirilib, jazoni o‘tash joylaridan chiqarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют