» » Polshada qariyb 500 ta kommunistik yodgorlikni yo‘q qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi

Polshada qariyb 500 ta kommunistik yodgorlikni yo‘q qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi


Polshada dekommunizatsiya to‘g‘risidagi qonunga kiritilishi mumkin bo‘lgan yangi tuzatishlar sabab, kommunizmga atab o‘rnatilgan 500 ta yodgorlik yo‘q qilinishi mumkin. Bu haqda, Polshaning Rzeczpospolita gazetasiga tayanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Yangi tuzatishlarga ko‘ra, “kommunizmni ulug‘lovchi” yodgorliklar hamda yodgorlik toshlari buzib tashlanadi. Gazetaning yozishicha, bunday yodgorliklar soni mamlakat bo‘ylab 490 ta atrofida. Qonun qabristonlar hamda jamoat e’tiboriga havola etilmagan yodgorliklarga taalluqli emas.

2016-yil may oyida Polsha prezidenti Anjey Duda ko‘chalar, binolar va boshqa jamoat inshootlariga nom berishda kommunizm “yoki boshqa totalitar tuzumni” targ‘ib qiladigan vositalardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni imzolagan edi.

Qonunga izoh sifatida keltirilgan qo‘chimchada jamoat joylari, xususan, ko‘chalar, ko‘prik hamda maydonlarga o‘zini-o‘zi boshqarish hududiy organlari tomonidan qo‘yiladigan nomlar “kommunizm yoki boshqa totalitar tuzumni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki boshqa usullar bilan targ‘ib qiluvchi inson, tashkilot, voqea yoki sanalarni abadiylashtirishi mumkin emas”ligi ko‘rsatib o‘tilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют