» » WBA yangilagan reytingida Shahram Giyosov va Isroil Madrimov yuqoriga kotarildi

WBA yangilagan reytingida Shahram Giyosov va Isroil Madrimov yuqoriga kotarildi


Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning yangi reytingini elon qildi. Unda ozbekistonlik ikki bokschi Shahram Giyosov (8 ta galaba, 6 ta nokaut) va Isroil Madrimov (2 ta galaba, 2 ta nokaut) yuqorilashga muvaffaq boldi, deya xabar berdi GoSport.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram Giyosov may oyi uchun chiqarilgan reytingda aprel oyiga nisbatan bir pogona yuqorilab, 13-oringa joylashdi. U fevral oyi uchun chiqarilgan reytingda kuchli 15 talikni tark etgandi.

Malumot uchun, Shahram aprel oyi songida amerikalik Emmanuel Teylorni ochkolar hisobida maglubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qolga kiritgandi.

Yangilangan reytingda super yarim orta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili Isroil Madrimov (2 ta galaba, 2 ta nokaut) ham yuqorilashga muvaffaq boldi. Bu safar Madrimov bir pogona yuqorilab, mart oyida bolgani kabi 6-pogonaga qaytdi.

Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (6 ta galaba, 5 ta nokaut) otgan oydagi kabi ikkinchi orinda, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili Shohjahon Ergashev (16 ta galaba, 14 ta nokaut) esa reytingda 4-orinda qolgan. Reytingdan ozbekistonlik boshqa sportchilar orin olmagan.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (1-06-2019, 13:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -