» » Ozbek oshi Qozonni zabt etdi: Bosh konsulning ozi ananaviy taomni tayyorlab berdi

Ozbek oshi Qozonni zabt etdi: Bosh konsulning ozi ananaviy taomni tayyorlab berdi


Ozbekistonning Qozondagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev Tataristan nashrining Tahririyat oshxonasi rukni uchun samarqandcha osh pishirib berdi, deb xabar qiladi Sputnik.

Diplomat Ozbekistonning turli viloyatlarida ananaviy ozbek milliy taomi turlicha tayyorlanishini sozlab berdi. Namangan, Andijon, Fargona, Margilon, Qoqon, shuningdek, u yerdagi qishloqlarda, Sirdaryo, Zarafshon, Amurdaryo, Buxuro va Samarqand hududlarida osh tayyorlashning yuzlab usullari mavjud.

Ozim qadimiy Samarqand shahridanman, shu sababli samarqancha osh eng yaxshi korganim. Uyda, oila davrasida tez-tez shunaqa osh pishirib turamiz. Bugun ham samarqancha osh pishirib beraman, deydi Narsiyev.

Diplomatning takidlashicha, osh ozbek oshpazlik sanatining eng yuqori nuqtasi.

U oz ichiga barcha texnologik jarayonlarni mujassamlashtirgan: qovurish, qaynash va dimlash. Shu sababli osh pishirishni bilgan odam yana boshqa onlab ovqatlarni tayyorlay oladi, deydi u.

Osh pishguniga qadar diplomat oz ishi haqida sozlab berdi. Uning aytishicha, Nasriyev qayerda ishlashini ozi tanlamagan.

Diplomatlar davlat tanlamaydi. Biz oz mamlakatimiz vatanparvarlari kabi qayerga jonatishsa osha yerga ketaveramiz, deydi u.

Suhbat davomida diplomat Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2018-yil oktabrda Ozbekistonga amalga oshirgan tashrifi haqida fikr bildirib, uni tarixiy deb atadi.

27 milliard dollardan ortiqqa bitim imzolandi. Tashrif doirasida RossiyaOzbekiston ortasida birinchi mintaqalararo forum tashkil etildi, deydi Nasriyev.

Shuningdek, Fariddin Nasriyev Ozbekistonda otkazilgan birinchi mintaqalararo forumda faol ishtirok etgan Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovgahamda Tatariston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-06-2019, 16:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
20 ... -