» » Butun dunyoda tamakisiz kun nishonlandi

Butun dunyoda tamakisiz kun nishonlandi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1988-yilda 31-mayni Xalqaro chekishga qarshi kurash kuni deb e’lon qilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, har yili global tamaki epidemiyasi deyarli 7 million o‘lim holatlariga olib keladi. Ulardan 900 mingdan ortig‘i chekmaydigan, lekin tamaki tutuni ta’siri ostida qolgan odamlardir.

Tamaki nafaqat nafas yo‘llari va a’zolari kasalliklarini, balki yurak-tomir tizimi kasalliklarini xam keltirib chiqaradi. Chekish yurak ishemik kasalligi, insult va periferik tomirlar kasalliklari rivojlanishining eng xavfli omillaridan biridir.

Dunyo bo‘yicha yurak-tomir tizimi kasalliklari tufayli boshqa har qanday sabablardan ko‘ra ko‘proq odamlar vafot etmoqda. Tamaki iste’mol qilish va tamaki ikkilamchi tutunining ta’siri esa yurak-tomir tizimi kasalliklarini keltirib chiqaruvchi arterial gipertoniyadan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi xavfli omil hisoblanadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining O‘zbekistonda kattalar orasida chekishning tarqalganligi to‘g‘risidagi oxirgi ko‘rsatkichlariga asoslangan prognozlariga ko‘ra, hozirgi 2,8 million tamaki iste’mol qiluvchilarning 1,4 million (50 foizdan)dan ortig‘i chekish bilan bog‘liq barvaqt o‘lim xavfiga duchor bo‘ladi.  Agar tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha yanada faolroq choralar amalga oshirilmasa, bu raqam yanada ortishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют