» » O‘zbekistonda “Ortiqcha vazn — qo‘shimcha kasallik” shiori ostida yurish va gimnastika tadbirlari tashkil etildi

O‘zbekistonda “Ortiqcha vazn — qo‘shimcha kasallik” shiori ostida yurish va gimnastika tadbirlari tashkil etildi


4-may, shanba kuni “Ortiqcha vazn — qo‘shimcha kasallik” shiori ostida mamlakat bo‘ylab, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Shifokor” sport majmuasida aholi ishtirokida yurish va gimnastika tadbirlari tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, kam harakatlanish, genetik faktorlar, endokrin kasalliklar, noto‘g‘ri ovqatlanish yoki psixologik buzilishlar, stresslarga beriluvchanlik kabi omillar semizlikni keltirib chiqaradi. Ushbu sabablardan eng ko‘p uchraydigani kam harakatlanish, noto‘g‘ri ovqatlanish va genetik faktorlardir.

Semizlik metabolik sindrom, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti, insult, gipertoniya kasalligi, surunkali vena qon-tomirlarining yetishmovchiligi, xoletsistit va o‘t-tosh kasalligi, artrit, osteoxondroz va osteoartroz, umurtqa pog‘onasi churralari, jigarning yog‘li distrofiyasi hamda onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti statistik ma’lumotlariga ko‘ra, yurak, qon-tomir kasalliklari yer yuzida o‘limning asosiy sababchisi bo‘lib, aynan semizlik uning rivojlanishiga olib keladi.

Ortiqcha vazn va semizlikka qarshi sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik hamda zararli odatlardan, ya’ni tamaki va alkogol mahsulotlaridan voz kechish orqali kurashish mumkin. Bunda jismoniy faollik — sport bilan shug‘ullanish, piyoda yurish, gimnastika mashqlarini bajarish hamda badantarbiya bilan shug‘ullanish muhim ahamiyatga ega.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu ommaviy tadbirlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, tibbiyot muassasalari shifokorlari, hududlardagi hamkor tashkilotlar vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют