» » Shavkat Mirziyoyev: “Manfaatdorlik bo‘lsagina, intilish, natija bo‘ladi”

Shavkat Mirziyoyev: “Manfaatdorlik bo‘lsagina, intilish, natija bo‘ladi”


Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘ka tumanidagi “Sarkor” fermer xo‘jaligi dalasida paxta va g‘alla rivojini ko‘zdan kechirdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Toshkent viloyatida 2019—2020-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyihalar natijasida 14,5 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Prezident fermerlar, qishloq xo‘jaligi mutasaddilari bilan muloqot qildi.

Keyingi yillarda paxta tolasini O‘zbekistonda qayta ishlash 30 foizdan 70 foizga yetkazilgani bu sohada inqilob bo‘lgani ta’kidlandi.

Biz qishloq xo‘jaligida ilm, innovatsiyalarni qo‘llamaganimiz uchun yerni “charchatib”, unumdorlikni yo‘qotib qo‘ydik. Shuning uchun qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirib, mahsulotlarning xarid narxini oshirdik. Manfaatdorlik bo‘lsagina, intilish, natija bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют