» » Shavkat Mirziyoyev: Uzoq yillar Bo‘ka tumaniga yetarli e’tibor berilmagan. Xalqdan qarzimiz bor edi

Shavkat Mirziyoyev: Uzoq yillar Bo‘ka tumaniga yetarli e’tibor berilmagan. Xalqdan qarzimiz bor edi


Shavkat Mirziyoyev Bo‘ka tumanida Beshta tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bo‘ka tumani davlat rahbarining ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusni hayotga joriy etish bo‘yicha namuna qilib olingan. Bo‘ston, Chavlisoy, Yangiqo‘rg‘on va Rovot mahallalarida ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Davlat rahbari Bo‘ston mahallasidagi Yoshlar istirohat bog‘ida bo‘ldi. Qariyb 2 gektar maydonni egallagan bog‘da yoshlar voleybol, basketbol, shaxmat-shashka, stol tennisi bilan shug‘ullanishi, attraksionlar, raqs maydoni, internet kafeda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi mumkin.

Kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida 4 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatadigan Xalq kutubxonasi tashkil etildi. 450 tomoshabinga mo‘ljallangan “Bo‘ston arena” stadioni rekonstruksiya qilindi. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi balansiga o‘tkazilgan stadionda barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda 100 dan ziyod o‘quvchi-yosh futbol bilan shug‘ullanadi.

Ilgari hudud aholisi oddiy tashxis uchun ham tuman markaziga borishga majbur edi. Hududdagi 7-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi mukammal ta’mirlanib, zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. 100 qatnovga mo‘ljallangan shifo maskani beshta mahalladagi 14 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda kunduzgi statsionar, ijtimoiy dorixona, elektron poliklinika tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Davlat rahbari poliklinikadagi sharoitni, uning yonida barpo etilgan “Bo‘ston baraka chevarlari” MChJga qarashli tikuvchilik sexini ko‘zdan kechirdi, tikuvchi ayollar bilan muloqot qildi.

Mahalla guzarida go‘zallik saloni ochildi. Uzoq vaqt ishlamagan ushbu bog‘cha qayta ta’mirlandi va 150 bolani o‘z bag‘riga oladigan bo‘ldi. Guzardagi 1978-yilda qurilgan kinoteatr binosi shu kunga qadar qarovsiz holda edi. Bugun bu yerda 150 o‘rinli kinoteatr, raqs, doira, rubob, tasviriy san’at, fortepyano kabi to‘garaklardan iborat zamonaviy madaniyat markazi qad rostladi.

— Uzoq yillar Bo‘ka tumaniga yetarli e’tibor berilmagani uchun xalqimizdan qarzimiz bor edi. Bugungi o‘zgarishlar rahbarlar xohlasa nimalar qilishi mumkinligiga misol, — dedi Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют