» » Amerikalik gangster Frank Lukas vafot etdi

Amerikalik gangster Frank Lukas vafot etdi


Mashhur amerikalik gangster Frank Lukas vafot etdi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

88 yoshli jinoyatchi 30-mayda Nyu-Jersi kasalxonasiga olib ketilayotgan paytda vafot etdi.

1960—1970-yillarda Lukas Nyu-Yorkka yuqori sifatli geroin yetkazib beruvchi sifatida tanilgan. Uning mijozlari mashhur, yetakchi tadbirkorlar va siyosatchilar edi. U bir marta Vyetnamdan giyohvand moddalarni tobutlarga, o‘lik harbiy xizmatchilarning jasadlari bilan birga yuborganidan faxrlanar edi, chunki bunday yuk odatda tekshirilmaydi. Bir muncha vaqt davomida giyohvand moddalar savdosi unga kuniga bir million dollar olib keldi.

1975-yilda Lukas qo‘lga olindi va 70 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. 1991-yilda Lukas ozodlikka chiqdi.

2007-yilda Lukasning hayoti haqida hikoya qiluvchi “Amerikalik gangster” fimi suratga olingan. Ushbu filmda Lukas obrazini Denzel Vashington ijro etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют