» » Amerikalik mashhur gangster Jeyms Baldjer qamoqxonada o‘ldirildi

Amerikalik mashhur gangster Jeyms Baldjer qamoqxonada o‘ldirildi


Amerikalik mashhur gangster Jeyms “Uayti” Baldjer 30-oktabr kuni G‘arbiy Virjiniya qamoqxonasida o‘ldirildi. U umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan edi. Bu haqda The Boston Globe gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “Kp.ru”.

Baldjer yaqinda Oklaxoma shtati qamoqxonasidan G‘arbiy Virjiniyadagi “Xazlton” axloq tuzatish muassasasiga o‘tkazilgan edi. 30-oktabr kuni 89 yoshli gangster o‘lik holda topildi — qotillikda mafiya bilan aloqasi bo‘lgan boshqa bir mahbus gumon qilinmoqda.

Baldjer 1970—1990-yillarda irlandiyalik yirik jinoiy to‘daning boshlig‘i bo‘lib, Boston jinoiy dunyosini boshqargan. Shu bilan bir paytda, “Uayti” FQBning maxfiy ayg‘oqchisi bo‘lgan va mafiyaning boshqa boshliqlari haqidagi ma’lumotlarni yetkazib turgan. Buning evaziga FQB Baldjerni javobgarlikka tortmagan.

1990-yillarda Boston mafiyasi bilan AQShning narkotiklarni tarqatishga qarshi kurashish federal boshqarmasi shug‘ullana boshlagan. U mahalliy politsiya bilan hamkorlikda Baldjerga nisbatan shaxsiy surishtiruv o‘tkazgan va bu haqda FQBni xabardor qilmagan.

1994-yilda Baldjer qochishga tushgan va uzoq vaqt Amerika hukumatidan yashirinib yurgan. Va nihoyat, 2011-yilda gangster Santa-Monikada (Kaliforniya shtati) qo‘lga olingan. 2013-yilda sud Baldjerni 11 ta qotillikda aybdor deb topgan va ikkita umrbod qamoq muddatiga hukm qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют