» » AQShda “dizelli mojaro” doirasida jismoniy shaxsga nisbatan ilk hukm chiqarildi

AQShda “dizelli mojaro” doirasida jismoniy shaxsga nisbatan ilk hukm chiqarildi


Volkswagen avtokonserni muhandisi Jeyms Lyan Detroyt (AQSh, Michigan shtati) federal sudi tomonidan “dizelli mojaro”ga aloqador deb topilib, 3 yil va 4 oy qamoq jazosi hamda 200 ming dollar jarimaga tortildi. Bu mazkur ish doirasida jismoniy shaxsga nisbatan chiqarilgan ilk hukm bo‘ldi, deya xabar beradi “TASS”.

Jeyms Lyan atrof-muhitga zararli tashlanmalar bo‘yicha ma’lumotlarni yashirganlikda aybini tan oldi. Bu konsernga AQShning qat’iy ekologik me’yorlarini chetlab o‘tishga imkon bergandi.

63 yoshli muhandis tergov bilan kelishuvga bordi va qamoq muddati kamaytirilishiga erishdi. Bloomberg agentligiga ko‘ra, Lyan tergovchilarga Volkswagen faoliyati haqida muhim ma’lumotlarni oshkor etgan, bu esa jinoiy sxemani to‘liq fosh etishda yordam berdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют