» » Tramp prezidentlik poygasini rasman qachon boshlashi haqida gapirdi

Tramp prezidentlik poygasini rasman qachon boshlashi haqida gapirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp 18-iyunda 2020-yilgi prezidentlik poygalarida (saylovlarida —tahr.) rasman qatnashishini e’lon qiladi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Bu Florida shtati, Orlando shahrida bo‘lib o‘tadi. Tramp o‘zining Twitter sahifasida mitingda o‘zi, rafiqasi Melaniya Tramp, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens rafiqasi Karen bilan birga qatnashishini yozgan.

Miting sport kompleksida bo‘lib o‘tadi. Unda 20 ming nafar tomoshabin ham ishtirok etadi. Tramp o‘z tarafdorlaridan ushbu “tarixiy miting”da uning yonida bo‘lishni so‘ragan.

Nyu-Yorkda yashovchi Donald Tramp Floridani juda ham yaxshi ko‘radi va bu shtatda ko‘p vaqtini o‘tkazadi.

Donald Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishga hujjatlarini 2017-yil 20-yanvarda, inauguratsiya kuni topshirgan. O‘sha paytdan uning saylov shtabi xayriya yig‘ishni boshlagan. AQSh tarixida hech bir prezident o‘z harakatlarini bunchalik erta boshlamagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 125) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют