» » Shavkat Mirziyoyev Bo‘kada 5 ta tashabbusga bag‘ishlab she’r yozgan o‘quvchi qizning otasiga mashina sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Bo‘kada 5 ta tashabbusga bag‘ishlab she’r yozgan o‘quvchi qizning otasiga mashina sovg‘a qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘ka tumanining Bo‘ston mahallasida bo‘lib, 5 ta muhim tashabbusga hamohang amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Guzardagi 1978 yilda qurilgan kinoteatr binosi shu kunga qadar qarovsiz holda edi. Birinchi tashabbus doirasida tubdan ta’mirlanib, zamonaviy madaniyat markaziga aylantirildi. Bugun bu yerda 150 o‘rinli kinoteatr, raqs, doira, rubob, tasviriy san’at, fortepyano kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natijada mahalladagi 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olindi. To‘garaklarda xalq artistlari, taniqli san’atkorlar mahorat darslarini o‘tadi.

Prezident bu yerda san’atning turli yo‘nalishidagi to‘garaklarga qatnayotgan o‘g‘il-qizlar bilan suhbatlashdi. Tumandagi 27-umumta’lim maktabi 3-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubova beshta muhim tashabbusga bag‘ishlangan she’rini o‘qib berdi.

Davlat rahbari qiziga yaxshi ta’lim-tarbiya, ijodiy muhit va sharoit yaratib bergani uchun Fazilatning otasiga avtomobil sovg‘a qildi. O‘ziga esa uyida “Fazilat” nomli kutubxona ochib berishini aytdi. “Yangi kelajak nihollari” ansambli tashkil etib, uni zarur musiqa asboblari, texnika bilan ta’minlash haqida topshiriq berdi. San’at sirlarini o‘rganayotgan yoshlarga sovg‘alar ulashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют