» » Muhojirlarning bolalariga yordam berish uchun Peterburgda o‘zbekistonlik Go‘zal ismli qizcha haqida komiks chiqarildi

Muhojirlarning bolalariga yordam berish uchun Peterburgda o‘zbekistonlik Go‘zal ismli qizcha haqida komiks chiqarildi


Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga atab, “Peterburg bolalari” jamoatchilik tashkiloti muhojirlarning farzandlari uchun komiks-bo‘yoq kitobini chiqardi, deb yozadi “Nuz.uz”. Komiks qahramoni — O‘zbekistondan kelgan Go‘zal ismli qizcha. Go‘zalning arxitektor bo‘lish orzusi bor. Ammo buning uchun u maktabni bitirishi kerak.

Mehnat muhojirlarining farzandlari uchun maktabga o‘qishga kirish qiyin jarayonga aylanmoqda. Ota-onalar doim ham o‘qishga kirish uchun qanday hujjatlar talab etilishi, rad javobi berilgan taqdirda qayerga murojaat qilish va nima qilish zarurligini bilmaydi.

Komiksga ota-onalar uchun qirg‘iz, rus, tojik va o‘zbek tillarida ma’lumotnoma ilova qilingan. Infografika yordamida muhojirlarga bolalarni maktabga o‘qishga qo‘yish uchun nima qilish kerakligi tushuntirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют