» » Xorazmda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga fuqarolik pasporti topshirildi

Xorazmda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga fuqarolik pasporti topshirildi


Urganch shahridagi “Bolalar uyi” Xorazm viloyati IIB tomonidan muntazam moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlab kelinadi. Bu haqda IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil ham Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan IIB mas’ul xodimlari “Bolalar uyi”ga keldi.

Bayram sovg‘asi sifatida ajratilgan bolalar kiyim-kechaklari va maishiy-xo‘jalik anjomlari “Bolalar uyi” ma’muriyatiga topshirildi.

Bayram munosabati bilan tashkillangan tadbirlardan yana biri Xiva shahridagi “Mehribonlik uyi”da bo‘lib o‘tdi. Unda IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilaridan 13 nafariga fuqarolik pasportlarini topshirdi.

Shuningdek, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlar, faxriylarining farzandlari Xorazm drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Nur qilich” spektakliga taklif etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют