» » Namanganda “Gullar bayrami” yakuniga yetdi. G‘oliblar Spark avtomobili bilan taqdirlandi (foto)

Namanganda “Gullar bayrami” yakuniga yetdi. G‘oliblar Spark avtomobili bilan taqdirlandi (foto)


Namanganda an’anaviy “Gullar bayrami” festivali yakuniga yetdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Ushbu bayram ilk bor 1961-yili 16 nafar havaskor gulchi ishtirokidan boshlangandi. Bugungi kunda ularning soni 150 kishidan oshdi. Ular safida 50 yildan ortiq vaqtdan beri festivalda qatnashib kelayotganlar bor.

— Ilk bayramlarining birida kaktuslarni ko‘rib, ularga ishqiboz bo‘lib qolganman. 1965-yildan beri o‘zim ham muntazam ishtirok etib kelyapman. Shu paytgacha o‘tkazilgan tanlovlarning salkam yarmida yo g‘olib yoki sovrindor bo‘lganman. 1981-yili, bog‘imizning 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayramda hatto avtomobil bilan ham taqdirlashgan. Hozir uyimda 1000 dan ortiq turdagi 5 mingdan ziyod kaktus bor. Shu bayram butkul hayotimni o‘zgartirib yubordi, — deydi asli kasbi matematika o‘qituvchisi bo‘lgan Jo‘raxon Mo‘minov.

Bobur nomli istirohat bog‘ida bu yil 5 million tupdan ortiq turli gullar ekildi. Gulchilar va korxona-tashkilotlar tomonidan 60 dan ortiq ko‘rgazma, 100 dan oshiq badiiy kompozitsiya namoyish etildi. Ilk bor xorijdan—Erondan kelgan gulchi ham ishtirok etdi.

— Erondan gullar elchisi bo‘lib Namanganga keldim. Firmamizda parvarishlangan gullardan xalqingiz bahra olayotganidan xursandman. Kelgusi yili mamlakatimizdagi boshqa tadbirkorlarni ham bu bayramga kelishga da’vat etaman. Shu yerda, Namanganda gul yetishtirishni yo‘lga qo‘yish niyatimiz ham yo‘q emas, — deydi Mozandaron shahridan kelgan tadbirkor Muhammad Ramazoniy.

Festival doirasida Namangan muhandislik-texnologiya institutida Eron, Hindiston, Rossiya va mamlakat olimlari ishtirokida “O‘zbekistonda manzarali gullar xilma-xilligi: muammolar va yutuqlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Sohaga oid ma’ruzalar tinglandi, o‘zaro tajriba almashildi.

“Gullar bayrami” chet elda ham keng yoritildi. Festivalga Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron va Qirg‘iziston OAVlari vakillari keldi.

—Xabaringiz bor, Istanbulda ham butun dunyoga mashhur “Lolalar festivali” o‘tkaziladi. Har yili bahorda, aprelda shahrimiz lolalarga burkanadi. Namangandagi festivalning farqli tomoni esa bu yerda turfa gullarni ko‘rish mumkin ekan. Ulardan tayyorlangan turli shakl va kompozitsiyalar bizni hayratga soldi, — deydi Turkiyaning IHA axborot agentligi muxbiri Yaproq Mutlu.

1-iyun kuni Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonida “Gullar bayrami” g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘ldi. Tadbirda jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari, adabiyot va san’at namoyondalari ishtirok etdi.

59-an’anaviy “Gullar bayrami” festivalida oliy o‘ringa gulchi Azizbek Mamajonov va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi loyiq deb topildi. Ular diplom va Spark avtomobili bilan taqdirlandi. Birinchi o‘rinni esa viloyat oliy o‘quv yurtlari va gulchi Salohiddin Qodirov qo‘lga kiritdi.

Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tashkilotlar va gulchilarga viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda televizor, kompyuter, muzlatgich kabi sovg‘alar taqdim etildi.

Taqdirlash marosim badiiy dasturga ulanib ketdi.

O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Alisher Fayz, Yahyobek Mo‘minov, estrada xonandalari Dilshod Rahmonov, Guli Asalxo‘jayeva, Bahrom Nazarov, Bahriddin Zuhriddinov, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Shahzoda Hasanova, “Toshkent zebolari” raqs guruhi, orkestr va “Dutorchi qizlar” ansamblining chiqishlari sovrindorlar va tomoshabinlar uchun yana bir sovg‘a bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют