» » Ahror Qoshmatov: Korsatuvning nomi Xafa bolish yoq, lekin men sizlardan qattiq xafa boldim

Ahror Qoshmatov: Korsatuvning nomi Xafa bolish yoq, lekin men sizlardan qattiq xafa boldim


Ozbekiston Milliy axborot agentligi Zor TV telekanalidagi Xafa bolish yoq korsatuvining shov-shuvga sabab bolgan soni haqida maqola elon qildi. Uni toligicha keltirib otamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va koplab muhokamalarga sabab bolayotgan Zor TV telekanalining Xafa bolish yoq korsatuvi 71-sonida uyushtirilgan videoda jurnalist Ahror Qoshmatov chuv tushibdi. Video ostiga fikr qoldirayotganlarning birortasi korsatuv ijodkorlarni oqlamagan, voqeani hazil deb qabul qilmagan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Bahoroy Ochilova Bu korsatuvning nima keragi bor ozi?Xalq etiboridagi insonlarning ustidan kulish, ular uchun qiziqarli bolib qoldimi?Mening nazarimda sanatkorlarning shaxsiy hayotini ekranga olib chiqib, kalaka qilmaslik kerak. Yana bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Shavkat Mamatqulov esa Oxirgi paytda ajoyib korsatuvlar chiqyapti, korsang ensang qotadi. Har kim oz saviyasiga yarasha biror narsa yaratadi-da. Lekin ota saviyasiz korsatuvlarning ekranga chiqishiga tosiq qoyish kerak,deb fikr qoldirgan.

Kolyaska yetaklab ketayotgan ayol Ahror Qoshmatovni korib qoldi va u bilan suratga tushmoqchiligini aytdi. Song onasining tugilgan kuni uchun jurnalistdan tabrik soz yozib olishga kirishdi. Shu onda tasodifan kolyaska suvga yiqilib ketdi. Kutilmagan vaziyatdan shoshib qolgan jurnalist ozini suvga otdi. Ming afsuski, bolani topa olmadi. Ona bolamni topib ber deb yiglar, ozini aybdor sanayotgan jurnalist qayta-qayta suvga shongirdi. U bilmaydiki bu voqea uyushtirilgan.

Jurnalist voqeaning ssenariy asosida tayyorlanganini bilgach, kongli biroz taskin topdi. Osha daqiqalarda konglidan otganlarini sozlab berdi.

Bu korsatuvning kop sonlarini korganman, ozim ham muxlisman, deydi Ahror Qoshmatov. Eng qaltis hazil shu boldi, menimcha. Birinchidan yosh bola... Mana man degan odamning yuragi orqaga tortib ketadi. Bunaqa vaqtda adrenalin oshib ketarkan. Qanday qilib suvga tushganimni bilmayman. Xayolimga kelgan birinchi fikr nega onasi suvga tushmadi? Keyin yaxshiyam tushmadi, u ham chokib ketardi, deb oyladim. Suvning tagi orama ekan. Suvdan chiqib, boshqa tomonga yugurib bordim. Bolani osha yerda ushlayman degandim. Ozimning mazam qochib qoldi. Korsatuvning nomi Xafa bolish yoq, lekin men sizlardan qattiq xafa boldim. Infarkt bolishimga ozgina qoldi. Bu tomonini ham hisobga olish kerak edi.

Korsatuv boshlovchilari nega bunday xavfli va kurakda turmas hazilni uyushtirdi?

Korsatuv songida boshlovchilardan biri Sanjar Pardayev Bu lavha bilan Ahror Qoshmatovning ustidan kulmoqchi emasdim. Ahror Qoshmatovning qanday odam ekanligini bilmoqchi edim, ozim uchun deb izoh bergan. Etibor bering-a, u bir odamning kimligini bilish uchun shu sahna korinishini oldindan rejalashtirgan. Ozi uchun bolsa, nega unda keng ommaga elon qildi?

Videoni korib, bolasi suvda chokib vafot etgan onalarni oyladim. Ozim ham bir ayolni bilaman. Bir bolasi suvda chokib vafot etgan. Shundan buyon boshqa bolalarini suvga yaqinlashtirmaydi, hatto suzish havzasiga ham yubormaydi. Qorqadi. Korsatuv ijodkorlari ekran oldida yuragi yarim ota-onalar borligini oyladimikin?



Manba: Daryo.uz
: admin (2-06-2019, 21:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
:
-
:
20 ... -