» » Dmitriy Medvedev: O‘zbekiston hozircha Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi jarayonlarni kuzatib turibdi

Dmitriy Medvedev: O‘zbekiston hozircha Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi jarayonlarni kuzatib turibdi


O‘zbekiston hozircha Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi jarayonlarni kuzatib turibdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Bu ularning pozitsiyasiga bog‘liq. Biz hech kimni majburlamaymiz”, — dedi Medvedev “Vesti v subbotu” ko‘rsatuvi boshlovchisining O‘zbekistonni YeOIIga qo‘shilishi bo‘yicha bergan savoliga.

Rossiya hukumati raisiga ko‘ra, ushbu tuzilmaga a’zolik mamlakatga ma’lum bir imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish imkonini beradi.

“Albatta, bu har bir davlatning ichki ishi. O‘zbekistonlik do‘stlarimiz hozircha kechayotgan jarayonlarni kuzatib turibdi”, — ta’kidladi Medvedev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют