» » Xalq ta’limi vazirligi Suriyadan qaytgan bolalar uchun Toshkent viloyatida maxsus mobil maktab tashkil etdi

Xalq ta’limi vazirligi Suriyadan qaytgan bolalar uchun Toshkent viloyatida maxsus mobil maktab tashkil etdi


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Yaqin Sharq hududlaridagi qurolli mojarolardan qaytgan bolalarga Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan sovg‘alar topshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Mehr” dasturi doirasida O‘zbekistonga qaytarilgan 156 nafar ayol va bola orasida 40 nafardan ortiq maktab yoshidagi o‘quvchi bor.

Ular uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent viloyatida maxsus mobil maktab tashkil etildi. O‘quvchilar yoshidan kelib chiqib, boshlang‘ich va yuqori sinflarda ta’lim-tarbiya olmoqda.

O‘quvchilarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish maqsadida 10 nafar pedagog hamda 20 nafar psixologdan iborat mahoratli va bilimli mutaxassislar jamoasi shakllantirildi. Mutaxassislar ishlaydigan kontingent maxsus tayyorgarlik talab etishini inobatga olib, ular 36 soatlik “Tanglik vaziyatda qolgan bolalar bilan ishlash” mavzusida maxsus kursda o‘qitildi.

Hozirda reabilitatsiya dasturi ishlab chiqilib, o‘quvchilar bilan pedagogik-psixologik va ijtimoiy moslashuvi bo‘yicha ish olib borilmoqda. O‘quvchilar o‘zlarini qulay va xavfsiz xis etishlari uchun mobil maktab (2 ta sinf xona) parta va boshqa kerakli jihozlar bilan bezatildi.

Shuningdek, bolalarga 12 nomdagi o‘quv qurollari, maktab darsliklari va badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 30) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют