» » Rim papasi ruminiyalik lo‘lilardan kamsitilgani uchun kechirim so‘radi

Rim papasi ruminiyalik lo‘lilardan kamsitilgani uchun kechirim so‘radi


Katolik cherkovi rahbari respublika g‘arbida joylashgan Blaje shahrida lo‘lilar jamoatchiligi bilan uchrashdi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.

Unda xristianlar tarix davomida lo‘lilar bilan salbiy munosabatda bo‘lganini, ularni tan olib, qadrlab, himoya qila olmaganlarini aytdi.

“TASS”ning yozishicha, pontifik “Mening yuragimda hali ham qandaydir yuk bor. Bu diskriminatsiya, segratsiya va sizning jamoangizga salbiy munosabatda bo‘lganlik yukidir. Tarixning guvohlik berishicha, xristianlar ham, katoliklar ham, sizga qilingan bunday katta yovuzlikdan chetda qolmagan. Shu sababli men sizlardan kechirim so‘rashni xohlardim”, — degan.

Fransisk yaqinda Ruminiyaga o‘zining diniy tashrifini yakunladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют