» » Qoraqalpog‘istonda mototsikl haydovchisining umriga zomin bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda mototsikl haydovchisining umriga zomin bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


1-iyun kuni Qoraqalpog‘istonda inson o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

1-iyun kuni noma’lum haydovchi Matiz rusumli avtomashinasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumani Amirobod OFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Koinot mahallasida yashagan 26 yoshli N.S boshqaruvidagi “Vosxod” rusumli mototsiklni urib yuborgan.

Noma’lum shaxs voqea joyidan qochib ketgan. Natijada mototsikl haydovchisi kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Ellikqal’a tumani Saribiy OFYda yashovchi 31 yoshli R.S boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 44) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют