» » Endi Toshkent shahrida FHDYo arxiv ma’lumotnomalari Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi

Endi Toshkent shahrida FHDYo arxiv ma’lumotnomalari Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi


Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 134-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq, Toshkent shahrida jismoniy shaxslarga fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari (FHDYo) haqidagi (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa) ma’lumotnomalarni berish davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi “Daryo”ga xabar berdi.

Joriy yilning 7-iyunidan boshlab murojaatchilar mazkur davlat xizmatidan eksterritorial tamoyil asosida o‘zlariga qulay bo‘lgan, istalgan Davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda foydalanishlari mumkin.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Markaz xodimi murojaatchi nomidan so‘rovnoma to‘ldiradi va so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;

ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – ishonchnoma nusxasi;

ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlari;

ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda — vasiyatnoma va marhumning o‘limi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.

Ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar nusxalari Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ularning asl nusxalaridan olinadi.

Qarorga ko‘ra, davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Fuqarolardan davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab etilganda yoki ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘yilganda Davlat xizmatlari agentligining 1148 qisqa raqamli Ishonch telefoniga murojaat etishlari so‘raladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют