» » Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi mashinada to‘planib turgan piyodalarni bosib ketdi (video)

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi mashinada to‘planib turgan piyodalarni bosib ketdi (video)


Sankt-Peterburgning Petrograd tumanidagi chorrahada piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan yengil avtomobil odamlar ustiga qarab uchib kelib to‘xtadi.  Bu haqda Repost xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, 1-iyun kuni soat 17:50 da Troitskiy ko‘prigidan kelayotgan oq Reno Logan rusumli avtomobil chorrahada svetoforning sariq chirog‘ida o‘tib ketgan va trotuarga uchib chiqib ketgan. Bir qancha piyodalar va velosipedchi mashinaning tagida qolgan. Shuningdek, mashina yo‘l belgisi o‘rnatilgan ustunni ham urib tushirgan.

Reno’ga o‘tkinchilar hujum qilishga uringan, ammo politsiya xodimlari xizmat mashinasiga berkingan 22 yoshli haydovchini qutqargan.

“Sankt-Peterburg yo‘l inspektori” guruhida ma’lum qilinishicha, haydovchi asli o‘zbekistonlik bo‘lib, 1996-yilda tug‘ilgan. Mashinaning salonida yo‘lovchi ham bo‘lgan, ammo haydovchi taksi-kira qilganini tan olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют