» » Aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi fojia tafsilotlarini so‘zlab berdi (video)

Aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi fojia tafsilotlarini so‘zlab berdi (video)


Aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi “Toshkent” telekanaliga fojia tafsilotlari haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Repost.uz”.

“Poytaxt yo‘llari” ko‘rsatuvi 20-iyul kuni, taxminan 21:15 da A.Qodiriy va M.Gandi ko‘chalari kesishmasida tartibga solinmaydigan piyodalar yo‘lagida qizni urib ketgan Ulug‘bek Erkaliyevni ko‘rsatdi. Keyinroq aniq bo‘lishicha, 25 yoshli aktrisa Farangiz Rejametovani 23 yoshli yigit urib ketgan.

Ulug‘bek Erkaliyevning so‘zlab berishicha, YTH yuz bergan chorrahada svetoforlar va piyodalar o‘tish belgilari bo‘lmagan. Haydovchi qizni taxminan sakkiz metr masofada ko‘rganligi, mashinani to‘xtatish va avariyaning oldini olishga uringanligini tan olgan.

Shu bilan bir paytda, YTH yuz bergan vaqtda Farangizning yonida bo‘lgan dugonalari haydovchi mashinani to‘xtatishga harakat qilmaganligi va uni katta tezlikda urib ketganligini ma’lum qilgan. Ular, shuningdek, chorrahada piyodalar o‘tish belgisi o‘rnatilganligini qo‘shimcha qilgan.

Hozirgi paytda mazkur fakt bo‘yicha 267-moddaning 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aktrisani urib ketgan yigit uy qamog‘ida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют