» » IIBB YHXB: Aktrisa Farangiz Rejametovaning o‘limidan 16 kun avval u halok bo‘lgan chorrahaga svetofor o‘rnatish haqida buyruq chiqarilgan edi

IIBB YHXB: Aktrisa Farangiz Rejametovaning o‘limidan 16 kun avval u halok bo‘lgan chorrahaga svetofor o‘rnatish haqida buyruq chiqarilgan edi


Aktrisa Farangiz Rejametova 20-iyul kuni Toshkentning Abdulla Qodiriy—Mahatma Gandi ko‘chalari chorrahasi yaqinidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyini kesib o‘tayotgan vaqti uni Mercedes-Benz avtomobili urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgandi. 30-iyul kuni avtohalokat yuz bergan chorrahaga svetoforlar o‘rnatildi. O‘zA ma’lumotiga ko‘ra, bu svetoforlarni o‘rnatish haqidagi tegishli buyruq aslida 4-iyul kuni — Farangiz Rejametova ishtirokidagi YTH yuz berishidan 16 kun avval chiqarilgan.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan O‘zAga taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Abdulla Qodiriy—Mahatma Gandi chorrahasi yaqinidagi piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatish bo‘yicha buyruq Yo‘l harakatini takshil etishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan 4-iyul kuni berilgan, buyruq tegishli tartibda hujjatlashtirilgan (IIBB YHXB matbuot xizmati hujjatni O‘zA muxbiriga ko‘rsatgan).

Hujjatga ko‘ra, 4-iyul kuni Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Yo‘l harakatini boshqaruv, texnik vositalar o‘rnatish va foydalanish departamentiga Abdulla Qodiriy—Mahatma Gandi chorrahasi oldidagi piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatish bo‘yicha buyruq berilgan. Biroq, svetoforlarni o‘rnatish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilgani bois, ushbu chorrahaga faqat 30 iyulga kelibgina harakatni tartibga soluvchi uch chiroqli qurilma o‘rnatilgan.

Ma’lum qilishlaricha, svetofor o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joylar shahar IIBB YHXB tomonidan nazoratga olinadi, biroq svetofor o‘rnatish ishlari bilan YHXB emas, balki poytaxt hokimligi huzuridagi tegishli departament shug‘ullanadi. Shu bois, O‘zAning qayd etishicha, “baxtsiz hodisadan 26 kun avval svetofor o‘rnatishga buyruq bergan Toshkent shahar IIBB YHXB 20-iyulda sodir bo‘lgan aktrisaning o‘limida o‘zini aybdor emasligini aytmoqda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют