» » Sankt-Peterburgda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan qizni ketma-ket ikkita mashina urib yubordi

Sankt-Peterburgda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan qizni ketma-ket ikkita mashina urib yubordi


Sankt-Peterburgda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan qizni avval bir, so‘ng boshqa avtomobil bosib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Hyundai Elantra avtomobilini boshqarayotgan erkak piyoda, 1991-yilda tug‘ilgan qizni urib yubordi. So‘ng ortidan Kia Ceed mashinasini haydab kelayotgan qiz bosib o‘tdi”, — dedi mintaqaviy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakili.

Jabrdiyda o‘ta og‘ir holatda kasalxonaga yetkazilgani bildirilmoqda.

Guvohlarga ko‘ra, birinchi avtomobilning zarbasidan so‘ng qiz bir necha metr nariga uchib tushgan. YTH sodir etgan haydovchi quyosh ko‘zini olib qolgani sababli piyodani payqamaganini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют