» » Rossiyada poyezd urib yuborgan 15 yoshli qiz tirik qoldi

Rossiyada poyezd urib yuborgan 15 yoshli qiz tirik qoldi


Rossiyaning Vladivostok shahrida 15 yoshli qizni poyezd urib yubordi, deb xabar beradi Rossiya IIVning Uzoq Sharq federal okrugi bo‘yicha transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

15 yoshli ikki nafar qiz dengizga chiqish uchun “Chayka” va “Vtoraya rechka” stansiyalari  oralig‘ida temir yo‘lni kesib o‘tayotganda baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.

“Qizlarni ko‘rgan mashinist darhol tormozni bosib, to‘xtashga uringan. Qizlardan biri poyezdni ko‘rib chetroqqa qochishga ulgurgan, ikkinchisi esa o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. To‘qnashuvning oldini olish imkoni bo‘lmagan”, — deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida qizcha o‘ng tos suyagi sinishi jarohatini olgan. U Vladivostok o‘lkasi shifoxonasiga olib ketilgan.

Hozirda hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-09-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют