» » O‘zbekistonda xorijiy OAVlarni akkreditatsiyalash tartibi soddalashtirildi

O‘zbekistonda xorijiy OAVlarni akkreditatsiyalash tartibi soddalashtirildi


Hukumat qarori (453-son, 03.06.2019-y.) bilan O‘zbekiston hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, chet eldagi o‘zbekistonliklarga tegishli ommaviy axborot vositalarining doimiy xorijiy muxbirini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror Tashqi ishlar vazirligiga ariza berilgan vaqtdan boshlab 5 ish kunida qabul qilinadi.

Mazkur qarorni qabul qilish uchun O‘zbekistonning chel eldagi vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining tavsiyanomasi asos bo‘ladi.

Bunda, akkreditatsiya olish uchun asosiy hujjatlarga qo‘shimcha ravishda xorijiy OAV ta’sischisi va uning moliyalashtirish manbalari haqida ma’lumot ham taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют