» » Toshkentdagi “Novza” yo‘l o‘tkazgichidagi yirik YTHda 5 ta mashinaga zarar yetdi

Toshkentdagi “Novza” yo‘l o‘tkazgichidagi yirik YTHda 5 ta mashinaga zarar yetdi


3-iyun, dushanba kuni taxminan 9:00 da Toshkentdagi “Novza” metrosi yaqinida qurilgan yo‘l o‘tkazgichda sodir bo‘lgan yirik YTH Bunyodkor shoh ko‘chasida bir soatdan ortiqroq vaqt davomida tirbandliklarga sabab bo‘ldi, bu haqda “Gazeta.uz” xabar qiladi.

Hodisa guvohlarining ma’lum qilishicha, “Xalqlar do‘stligi” metrosidan “Mirzo Ulug‘bek” metrosi tomonga birinchi harakat yo‘lagi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Nexia avtomobili haydovchisi tushishda uzluksiz chiziq orqali ikkinchi yo‘lakka o‘tib ketadi va Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashadi. To‘qnashuvdan so‘ng yengil avtomobil uchinchi yo‘lakga chiqib ketib, yana bir Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashadi.

Natijada Nexia ajratuvchi to‘siq ustidan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, ag‘dariladi. Qarshi tomonda uchinchi yo‘lakdan kelayotgan Spark haydovchisi to‘qnashuvdan qochishga urinib, birinchi yo‘lakda harakatlanayotgan Matiz bilan to‘qnashadi.

Avtohalokatdan so‘ng har ikki tomonda bittadan o‘tish yo‘lagi ochiq qolishi oqibatida tirbandlik paydo bo‘ldi. Haydovchilar YTH joyini aylanib o‘tishga harakat qilgani bois yo‘l o‘tkazgich ostida ham tirbandliklar vujudga keldi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu avtohalokat sababchisi bo‘lgan Nexia haydovchisi tan jarohatlari olgan, boshqa jabrlanuvchilar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют