» » Bolalarni himoya qilish kuni Kosonsoyda 16 yoshli o‘smir sodir etgan YTH oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi

Bolalarni himoya qilish kuni Kosonsoyda 16 yoshli o‘smir sodir etgan YTH oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi


Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashagan, 2002-yilda tug‘ilgan kollej o‘quvchisi Sh.U. 1-iyun kuni Lacetti avtomobilini hujjatlarsiz haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va qarshisidan kelayotgan S.M. boshqaruvidagi Nexia mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada Nexia yo‘l chetida to‘xtab turgan, Yu.U. boshqaruvidagi boshqa bir Nexia mashinasiga borib urildi. Hodisada Lacetti haydovchisi Sh.U., Nexia haydovchisi S.M. va uning ikki nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

Shuningdek, S. M. boshqaruvidagi mashinaning 3 nafar yo‘lovchisi, yo‘l chetida turgan Nexia hamda Lacetti mashinalarining bir nafardan yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют