» » Foto: Yer yaqinidan qo‘sh asteroid uchib o‘tdi

Foto: Yer yaqinidan qo‘sh asteroid uchib o‘tdi


Olimlar o‘tgan shanba, 1-iyun kuni Yerning yonidan uchib o‘tgan 1999 KW4 qo‘sh asteroidini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Rasmlar VLT teleskopi bilan olingan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Suratlar Yevropa janubiy rasadxonasi saytiga joylashtirildi.

“Bu tasvirlar va boshqa teleskoplardan olingan ma’lumotlar, agar ulardan biri shu kabi yo‘nalishga kirsa, Yer bilan to‘qnashadigan asteroiddan qochishimizga yordam beradigan strategiyalarni ishlab chiqish uchun juda muhimdir. Hech bo‘lmaganda, biz uning qulashi oqibatlarini taxmin qilishimiz mumkin”, —  deydi tadqiqotchilardan biri Olivye Eno.

Ushbu asteroid yer yuziga yaqinlashib, uning yuzasidan 5,2 million kilometr masofada uchib o‘tgan. Bu oyni va Yerni ajratib turadigan masofadan taxminan 13 marta katta.

Olimlar 1999 KW4 asteroidini “atonlar” guruhiga — Quyosh atrofida aylanib yurgan Yerga yaqin asteroidlar guruhiga kirgizdi. Ular Quyoshdan eng uzoq bo‘lgan paytidagina Yerga yaqinlashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют