» » Ozbekiston maktablarida Elektron davomat tizimi joriy etilishi mumkin

Ozbekiston maktablarida Elektron davomat tizimi joriy etilishi mumkin


2021-yil 1-sentabridan boshlab Elektron davomat tizimini Ozbekistondagi barcha umumtalim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilishi kutilmoqda, bu haqda OzA xabar qiladi.

Umumtalim maktablarida oquvchilar davomatini nazorat qilishning yagona elektron dasturiy tizimini joriy etish togrisidagi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoyildi.

Qaror loyihasida Xalq talimi vazirligi va Ichki ishlar vazirligining umumtalim maktablarida oquvchilar davomatini nazorat qilishning yagona elektron dasturiy tizimini joriy etish togrisidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilgan.

Qaror loyihasiga Umumtalim maktablarida oquvchilar davomatini nazorat qilishni taminlovchi Elektron davomat tizimini joriy etish tartibi togrisida nizom ilova qilingan.

Elektron davomat tizimining asosiy vazifalari:

umumtalim maktablari oquvchilari darsga oz vaqtida qatnashishini biometrik identifikatsiya tizimlari va boshqa usullar yordamida monitoring qilib borish;

oquvchilarning talim olishiga komaklashish va talim olish jarayoniga oz vaqtida ishtirok etishini masofaviy tarzda nazorat qilib borish;

umumtalim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish, ular orqali umumtalim maktablarida talim jarayonlarida shaffoflikni taminlash va korrupsiyani oldini olish;

voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi va talim olishlari uchun javobgarligi boyicha qonunlarda belgilangan normalarning sozsiz bajarilishini taminlashga amaliy asos yaratish;

ota-onalar yoki ularning ornini bosuvchi shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda farzandlarining umumtalim maktablaridagi davomati haqidagi malumotlarni kuzatib borish imkoniyatini yaratish.

Xalq talimi vazirligi:

2020-yil 1-sentabrga qadar Elektron davomat tizimini ishlab chiqib, Toshkent shahridagi umumtalim maktablariga davlat-xususiy sherikligi asosida sinov tariqasida joriy etilsin;

2021-yil 1-sentabridan boshlab Elektron davomat tizimini respublikamizdagi barcha umumtalim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilishini taminlasin, deyilgan hujjat loyihasida.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-06-2019, 23:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -