» » O‘zbekistonda may oyida tovar va xizmatlar iste’mol narxlari o‘rtacha 0,7 foizga ko‘tarildi

O‘zbekistonda may oyida tovar va xizmatlar iste’mol narxlari o‘rtacha 0,7 foizga ko‘tarildi


O‘zbekistonda 2019-yilning may oyida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari o‘rtacha 0,7 foizga ko‘tarildi. Bu haqda statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Umumiy hisobda 2019-yilning yanvar—may oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari 6,0 foizga qimmatlashdi.

2018-yilning may oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 13,7 foizga oshdi.

Taqqoslash uchun: 2018-yilning mayida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,8 foizga, 2017-yilning dekabriga nisbatan 6,6 foizga, 2017-yilning may oyiga nisbatan 19,0 foizga qimmatlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 01:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют