» » Andijondagi Muhammad Yusuf ijod maktabiga Prezident sovg‘asi topshirildi

Andijondagi Muhammad Yusuf ijod maktabiga Prezident sovg‘asi topshirildi


Shavkat Mirziyoyev joriy yil 16—17-may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda bo‘lgan, bu yerda tashkil etilgan shoir muzeyini ko‘zdan kechirib, ijodkor yoshlar bilan suhbatlashgandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat rahbari o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish haqida fikr bildirib, yoshlarning boshqa viloyatlardagi ijod maktablariga borib, tengdoshlari bilan muloqot qilishlariga ko‘maklashish maqsadida maktabga avtobus ajratish haqida mutasaddilarga topshiriq bergan edi.

Kuni kecha Andijon shahridagi Muhammad Yusuf xiyobonida mehnat faxriylari, ijodkorlar, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, o‘quvchi-yoshlar ishtirokida viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov maktab jamoasiga Prezident sovg‘asi — avtobusni topshirdi.

Maktab ma’muriyati tomonidan iqtidorli o‘quvchilar va ustozlardan iborat ijodiy guruhlar tashkil etilib, yozgi ta’til davrida viloyatning chekka qishloqlariga ijodiy safarlar uyushtirish, tengdoshlari, uchrashuvlar o‘tkazish, bolalar dam olish oromgohlarida adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish rejasi ishlab chiqilgan. Ana shu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishda Prezident sovg‘asi—avtobus yaqin ko‘makchi bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют