» » Tojikistonlik qizaloq o‘z hayotini saqlab qolgan Dubay amiriga minnatdorchilik bildirdi (video)

Tojikistonlik qizaloq o‘z hayotini saqlab qolgan Dubay amiriga minnatdorchilik bildirdi (video)


Tojikistonlik yetti yoshli Maxina G‘aniyeva Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Muhammad ibn Roshid al-Maktumga o‘z hayotini saqlab qolganligi uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar qiladi Sputnik.

Qizaloq to‘rt turdagi yurak parokining bitta odamda uchrashi natijasida yuzaga kelgan kamyob kasallik bilan tug‘ilgan. Maxina besh yoshga to‘lganida Muhammad bin Roshid al-Maktumning Global Initiatives (MBRGI) xayriya fondi uning uchun yuqori malakali shifokorlarni topib, 2017-yilning oktabrida qimmat turuvchi operatsiyasini o‘z hisobidan o‘tkazib bergan. Murakkab operatsiya sakkiz soat davom etgan.

Oradan deyarli ikki yil o‘tgach, Maxina fondning har yili o‘tkaziladigan hisobot yig‘ilishiga kelib, amirga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“Men shayx Muhammad va menga yordam ko‘rsatgan fondga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Hozirda o‘zimni yaxshi his qilyapman va juda baxtliman”, — deydi qizaloq.

.@HHShkMohd meets Mahina Ghaniva, a Tajikistani girl, and one of the 70 million people in 86 countries who have benefited from @MBRInitiatives. Mahina underwent a successful 8-hour surgery to treat her heart defects. #Dubai #UAE pic.twitter.com/pDARzWljVu

— Dubai Media Office (@DXBMediaOffice) May 29, 2019

Bugungi kunga kelib MBRGI fondi dunyoning 86 mamlakatidan 70 millionga yaqin odamga yordam ko‘rsatib ulgurgan.

“Men o‘zini insoniyat uchun xizmat qilishga bag‘ishlagan jamoamga rahmat aytmoqchiman. Men ular bilan hamda ularning gumanitar ishlarda erishgan yutuqlari bilan faxrlanaman”, — deydi shayx tadbir davomida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют