» » Farg‘ona politexnika institutida o‘qishni boshqa yo‘nalishga ko‘chirish evaziga 3 ming dollar talab qilgan mansabdor ushlandi

Farg‘ona politexnika institutida o‘qishni boshqa yo‘nalishga ko‘chirish evaziga 3 ming dollar talab qilgan mansabdor ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Farg‘ona politexnika instituti o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i M.A. fuqaro N.K.ning mazkur institut 1-kursida, “Qurilish” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kelinining o‘qishini “Iqtisodiyot” yo‘nalishiga ko‘chirib berish evaziga 3.000 dollar talab qilgani aniqlandi. U mazkur mablag‘dan yarmini olayotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют