» » Narpayda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs 5 yilga qamaldi

Narpayda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs 5 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tuman sudida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tuman sudi sudyasi Ilhom Qoraboyev xabar berdi.

Jamshid Haydarov (ism-familiyalar o‘zgartirildi) muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandidagi jinoyatni sodir etganlikda aybli topilib, unga nisbatan amnistiya akti qo‘llanilgan va jazodan ozod qilingandi. Biroq, o‘ziga ko‘rsatilgan muruvvatdan u saboq chiqarmagan ekan.

Keyingi gal Jamshid insonning shirin hayotiga tahdid soluvchi, sog‘lig‘iga putur yetkazuvchi giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdek qaltis jinoyatiga qo‘l uradi. Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblanib, sudning 2007-yil 1-mart kungi hukmi bilan besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi. J.Haydarovning oilaviy sharoiti inobatga olinadi, voyaga yetmagan farzandlari hamda qaramog‘ida keksa ota-onasi borligi uchun qonunlarimiz unga muruvvat ko‘rsatadi. Tayinlangan jazo shartli hukmga almashtirilib, uch yil muddatga sinov belgilanadi.

Jamshid Haydarovning sudlanganlik holati 2010-yilning 1-mart kuni tugallangan. Oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qiyin ekan. Jamshidning jinoyatga moyilligi suvning pufagidek yana yuzaga chiqdi.

Yaqinda Narpay tumani Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o‘tkazilgan ochiq sayyor sud majlisida sudlanuvchi J.Haydarovning Jinoyat kodeksi 270-moddasi 1-qismi (Giyohvandlik moddasini yetishtirish) va 25, 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga suiqasd)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikdagi qilmishi mahalladoshlari ishtirokida mazmunan ko‘rib chiqildi.

Jamshid hovlisida uzum toki orasida gultuvakda “Marixuana” giyohvandlik vositasini ekib, parvarishlagan. Ichki ishlar xodimlari J.Haydarovning uyida xolislar ishtirokida tintuv o‘tkazishganda sellofan paketda qog‘ozga qadoqlab solingan quruq holda sof og‘irligi 1,37 gramm va mol ayvonning ustunidagi mixga ilingan sellofan paketda yana 68 gramm giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Sudda J.Haydarov giyohvandlik moddasini o‘zi iste’mol qilish maqsadida yetishtirganligi, sotib o‘tkazish yoki biron kishiga berish maqsadi bo‘lmaganligini qayta-qayta aytdi. Afsuski, ekspertiza xulosasi sudlanuvchining vajlarini rad qildi. Chunki yetishtirilgan giyohvandlik moddasi ko‘p miqdorni tashkil qiladi. Bu hol uning bir kishi tomonidan iste’mol qilinishini istisno etadi. Moddalar muayyan o‘lchamda qadoqlangan, tashish yoki jo‘natish uchun yashirib qo‘yilgan. Ularni tayyorlash uchun J.Haydarovning uyida asbob-uskunalar mavjud. Ekspertizaning xulosa berishicha esa J.Haydarov giyohvand emas.

Sudlanuvchining o‘rinsiz bahonalari o‘tmadi. Jinoyatdan tiyilmagan J.Haydarov sodir etgan ushbu jinoiy qilmishi uchun besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют