» » OITS yuqtirish va odam savdosida ayblanib, qamalgan ayol Oliy sud tomonidan ozod etildi

OITS yuqtirish va odam savdosida ayblanib, qamalgan ayol Oliy sud tomonidan ozod etildi


Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni yuqtirish va odam savdosi jinoyatlarini sodir qilgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan ayolning ishi qayta ko‘rib chiqilib, u sud zalidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

46 yoshli X.G. jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2016-yil 4-apreldagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi (bila turib, boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirish) va 135-moddasi 3-qismi “g” bandi (uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan odam savdosi) bilan aybli deb topilib, qisman qo‘shish yo‘li bilan yetti yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2019-yil 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida jinoyat ishi materiallari, X.G. arizasida keltirilgan vajlar o‘rganib chiqildi. Uning ayolligi, ayni paytda sog‘lig‘ning yaxshi holatda emasligi, jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijobiy tavsiflanganligi, qilmishining ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar sifatida baholandi. Bundan tashqari, X.G.ning oilaviy ahvoli, ikki nafar farzandi borligi inobatga olindi.

Shu munosabat bilan, Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining hukmi bilan, tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati Senatning 2016-yil 12-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, uchdan bir qismiga qisqartirilib, X.G. sud zalidan ozod qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют