» » Buxoroda pora bilan qo‘lga olingan sobiq Mudofaa ishlari bo‘limi xodimiga hukm o‘qildi

Buxoroda pora bilan qo‘lga olingan sobiq Mudofaa ishlari bo‘limi xodimiga hukm o‘qildi


Buxoro viloyati Peshku tumani Mudofaa ishlari bo‘limi sobiq xodimi Furqat Safoyev pora bilan qo‘lga olinib, unga nisbatan jazo choralari qo‘llanilgan. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshku tumani raisi Farrux Ikromov ma’lum qildi.

Furqat Safoyev 2018-yilning avgust oyidan noyabr oyiga qadar Peshku tuman Mudofaa ishlari bo‘limida faoliyat yuritgan. Ish holatiga ko‘ra, Furqat Safoyev tuman Mudofaa ishlari bo‘limidan rasman bo‘shatilgan bo‘lishiga qaramay, fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, 05.

Joriy yilning 3-mart kuni soat 12:20 larda Peshku tumani “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Haydarobod” to‘yxonasi oldida fuqaro J.R.dan 400 AQSh dollari miqdoridagi chet el valyutasini qonunga xilof ravishda olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Sud majlisida sudlanuvchi tomonidan sodir qilingan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, uning shaxsi, aybiga to‘liq iqrorligi, ijtimoiy ahvoli va oilaviy sharoiti, muqaddam sudlanmaganligini hamda jazoni yengillashtiruvchi boshqa holatlar inobatga olingan. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi, 28, 25, 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llanilib, 5 068 250 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 03:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют