» » Havoning ifloslanishi bolalarning aqliy rivojlanishiga ta’sir qilmoqda

Havoning ifloslanishi bolalarning aqliy rivojlanishiga ta’sir qilmoqda


Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi aholini atrof-muhit muhofazasiga jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar qiladi.

5-iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda asosiy e’tibor insoniyat salomatligi uchun katta xavf yuzaga keltirayotgan sanoat, transport, chiqindilardan atmosfera havosiga tarqalayotgan zararli moddalarni kamaytirish borasida olib borilayotgan ishlar natijasiga qaratildi.

Ma’lumki, qum-tuz bo‘ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar tabiatga jiddiy zarar yetkazmoqda. BMT ma’lumotiga ko‘ra, har yili 7 millionga yaqin odam ifloslangan havodan nafas olishi tufayli vafot etadi. Jahon banki esa mamlakatlarning havo ifloslanishidan ko‘rayotgan zarari 5 trillion AQSh dollarini tashkil qilayotganini ta’kidlamoqda. Shifokorlar fikricha, havoning keskin ifloslanishi oqibatida insonda astma singari surunkali kasalliklar rivojlanib, bolalarning aqliy rivojlanishi pasaymoqda.

Tadbirda mazkur holatlarning oldini olish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, o‘sib kelayotgan yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish hamda rivojlantirish, ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ayni paytda mazkur hujjatda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha tizimli ishlar qilinmoqda.

Xususan, Orol dengizining suvi qurigan tubidan ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarralarining salbiy ta’sirini kamaytirish, ushbu hududlarda cho‘l o‘simliklaridan “yashil qoplamalar“ – himoya o‘rmonzorlari barpo etish samarali tashkil etilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kelgusida bu yerda 500 ming gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Hozirda Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga qadar bo‘lgan davrda atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy konsepsiyasini ishlash bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Atrof-muhit holatining joriy tahlili, global va mintaqaviy masalalar, yangi ekologik xavflar mamlakat tarixida birinchi mazkur hujjatni ishlab chiqishni taqozo etdi. Ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib borayotgani inobatga olinib, so‘nggi yillarda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda atrof-muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют